Xitoydan O‘zbekistonga yuk yetkazib berish | FEDLogistics
Xitoydan O'zbekistonga #1 Logistika Yo'ldoshi

FEDLogistics
Xitoydan O‘zbekistonga yuk yetkazib berish

Xitoydan O'zbekistonga yukingizni premium sifat va real vaqtda kuzatuv bilan yetkazib beramiz.

Tizimga kirish
100% Sug'urta
10k+ Mamnun Mijoz
5+ Yillik Tajriba

Bizning hamkorlarimiz

  • TAOBAO
  • PINDUODUO
  • 1688
  • ALIBABA
  • MADE IN CHINA
  • BUYBAO
Jonli Kuzatuv Tizimi

Yukingiz Qayerda?

Trek raqamini kiriting va yukingizni global xarita bo'ylab kuzating.

Transport turini tanlang

Trek raqamini kiriting

Nega Biz ?

Logistika sohasidagi eng ilg'or texnologiyalar va tajribali jamoa xizmatingizda.

Cheksiz 24/7

Sizning biznesingiz tun-u kun bizning nazoratimizda.

Mutloq Xavfsiz

Har bir yuk to'liq sug'urtalangan va kafolatlangan.

Yashin Tezlik

99% yuklarimiz belgilangan muddatdan oldin yetib boradi.

Global Kuzatuv

Yukingiz harakatini dunyoning istalgan nuqtasidan kuzating.

Yetkazib berish kalkulyatori

Narxni Hisoblang

Yukingizni yetkazib berish narxi va muddatlarini onlayn bilib oling.

KG

Dastlabki Hisob-kitob

$95.00
($9.50 / kg)

Taxminiy narx

4–10 kun

Yetkazib berish muddati

* Yakuniy narx menejer tomonidan yuk ko'zdan kechirilgandan so'ng aniqlanadi.

Premium Xizmatlar

Logistikaning barcha turlari bo'yicha professional yechimlar.

AVIA Cargo

Xitoydan O'zbekistonga eng tezkor va ishonchli havo yo'li yuk tashish xizmati.

Batafsil

AVTO Cargo

Yer usti transporti orqali yuklarni xavfsiz va tejamkor yetkazib berish.

Batafsil

Railway

Katta hajmdagi yuklarni temir yo'l tizimi orqali eng hamyonbop narxlarda tashish.

Batafsil
0k+
Mijozlar ishonchi
0k+
Yetkazilgan yuklar
0%
O‘z vaqtida
24/7
Yordam xizmati

Shaffof Narxlar

Hech qanday maxfiy to'lovlarsiz, eng maqbul tariflar.

AVIA

Premium Speed
$9.0/kgboshlab
  • 4–10 kun
  • Mutloq sug'urta
  • Ekspress bojxona
Bog'lanish
MASHHUR

AVTO

Best Balance
$5.5/kgboshlab
  • 15–20 kun
  • Istalgan hajmda
  • Uyma-uy yetkazish
Bog'lanish

AVTO KUB

Hajmli yuklar uchun
Individual
  • 15-20 kun yetkazish
  • 1 kubdan boshlab
  • Alohida hisoblanadi
Bog'lanish

4 Qadamda Yetkazish

Biz bilan ishlash juda oson va shaffof. Hech qanday murakkabliklarsiz.

01

Ro'yxatdan o'tish

Bir necha soniyada shaxsiy ID-raqamingizni oling.

02

Manzilni Qabul Qiling

Sizga Xitoydagi eng yirik ombor manzilini jo'natamiz.

03

Xaridni Amalga Oshiring

Mahsulotlarni omborga jo'nating, biz uni qabul qilamiz.

04

Yukingizni Oling

O'zbekiston bo'ylab istalgan nuqtada yukingizni oling.

Mobile App

Yukingiz Cho'ntagingizda

Smartfoningiz orqali yuklarni qabul qiling, kuzating va boshqaring. Bizning mobil ilovamiz bilan logistika yanada oson.

Mijozlar Ishonchi

Biznesingiz muvaffaqiyati uchun biz bilan hamkorlik qilayotganlar.

Logistika sohasida ko'p kompaniyalar bilan ishlaganman, ammo FEDLogistics jamoasi kabi professionalni ko'rmaganman.

A
Aziz Karimov
Tadbirkor

Online do'konim uchun yuklarni asosan Xitoydan olaman va yetkazib berish o'z vaqtida bo'lishi juda muhim. Ular buni a'lo darajada uddalashadi.

M
Malika Ahmedova
Retail Expert

Global kuzatuv tizimi orqali har doim yukim qaerda ekanligini ko'rib turaman. Bu menga xotirjamlik va barqarorlik beradi.

D
Davron Jo'raev
Logistika Menejer

Savollar bormi ?

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.

Xizmat narxlari qanday aniqlanadi?

Xizmat narxi transport turi, yukning vazni va hajmiga qarab hisoblanadi. Dastlabki narxni saytdagi kalkulyator orqali bilib olishingiz mumkin.

Yuklarni sug'urtalash mavjudmi?

Yuklar sug‘urtalanadi. Sug‘urta shartlari va zarar qoplash tartibini jo‘natishdan oldin menejer bilan aniqlashtiring.

Xitoydagi ombor manzilingiz qaerda?

Xitoydagi omborlarimiz Guanchjou va Iu shaharlarida joylashgan. Amaldagi ombor manzili, qabul qilish va saqlash shartlarini menejerdan oling.

So'nggi Yangiliklar

Logistika olamidagi muhim o'zgarishlar va kompaniyamiz hayoti.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasini qurish uchun qo‘shma korxona tashkil etiladi
12 Jan, 2025

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasini qurish uchun qo‘shma korxona tashkil etiladi

Xitoyning Qashg‘ar shahrida 1-mart kuni O‘zbekiston—Xitoy—Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.   Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy ishtirok etgan. Uchrashuvda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida qurilishi rejalashtirilgan Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasi mintaqamizni Xitoy bilan bog‘laydigan eng qisqa muqobil yo‘l ekani qayd etilgan. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasini qurish va undan foydalanish uchun qo‘shma korxona tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.   O‘zbekiston tomoni, Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududi orqali multimodal transportni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqirgan.    Shuningdek, “Irkeshtom” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini yanada takomillashtirish, qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga kelishib olingan. Uchrashuvda tomonlar 2024-yilda Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasini qurish yuzasidan amaliy ishlarni boshlash muhimligini qayd etgan. Uch tomonlama muzokaralardan so‘ng, delegatsiyalar rahbarlari “Ulug‘chat” bojxona terminali va “Irkeshtom” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati bilan yaqindan tanishgan. Umuman, O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida “Qashg‘ar iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi” faoliyati bilan yaqindan tanishilgan, bir qator yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Подробнее
O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi
12 Jan, 2025

O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘z sahifasida maʼlum qildi. Tashqi ishlar vazirlari fuqarolarga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi. “Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, deyiladi xabarda. Avvalroq O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilayotgani aytilgandi.   Xitoyga vizasiz borish 2023-yilning oktyabrida Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi mumkinligi aytilgandi. Tadbirda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun vizasiz rejimni joriy etish bo‘yicha Xitoy hukumatida kuchli xohish borligini taʼkidlagandi. “Lekin bu masalalarni mutaxassislar orqali muhokama qilish va kelishish kerak. Hozir Xitoy tarafi bu masalani diqqat bilan o‘rganmoqda. Dastlab viza olish tartibi yengillashtiriladi, keyinroq boshqa masalalarni ko‘rib chiqishga tayyormiz”, degan edi elchi. Shuningdek, u O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilganligidan minnatdorligini bildirgandi. Xitoy fuqarolari uchun o‘n kunlik vizasiz rejim 2021-yil mart oyidan buyon amalda. 2024-yil noyabridan Xitoy yana 9 ta davlat — Slovakiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Islandiya, Andorra, Monako, Lixtenshteyn va Janubiy Koreyani bilan vizasiz rejim joriy qilgandi.    2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. Yil boshidan buyon u Yevropaning 11 davlati, jumladan, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Italiya va Shveysariya, shuningdek, Malayziya fuqarolariga ham tatbiq etildi. Iyun oyi oxirida ro‘yxatga Polsha, Avstraliya va Yangi Zelandiya qo‘shildi. Dastur shartlariga ko‘ra, unga kiritilgan barcha davlat fuqarolari Xitoyga o‘zlarining oddiy pasportlari bilan kirib, mamlakatda 15 kungacha vizasiz qolishlari mumkin. Xitoyda yana bir vizasiz kirish dasturi mavjud bo‘lib, undan 54 davlat, jumladan AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari foydalanishi mumkin. Ushbu mamlakatlar fuqarolari Xitoyga 37 punktdan biri orqali kirib, uchinchi davlatga sayohat qilish uchun chiptaga ega bo‘lsa, mamlakatda 72 yoki 144 soat davomida vizasiz qolish imkoniyatiga ega.

Подробнее
🏮 11.11 – SIZ XARID QILING, BIZ YETKAZAMIZ! 🏮
07 Nov, 2024

🏮 11.11 – SIZ XARID QILING, BIZ YETKAZAMIZ! 🏮

- Yilning eng katta chegirma kuni – 11.11 yaqinlashmoqda! Endi orzu qilgan mahsulotlaringizni Xitoydan O‘zbekistonga buyurtma qilishingiz mumkin, biz esa ularni sizga xavfsiz va tez yetkazib beramiz. 11.11 dan Xitoy ilovalarida eng yirik chegirmalar kuni bo'ladi va shu kuni siz katta chegirmalarda xaridlarni amalga oshirib qoling biz esa yetkazib beramiz. 💥 70% gacha ulkan chegirmalar🚚 Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga yetkazib berish📦 Barcha bojxona va yetkazib berish jarayonlari bizdan! Nima qilishingiz kerak? 1. 11.11 kunida Xitoydagi chegirmali mahsulotlarni xarid qiling. 2. Buyurtmangizni bizga yuboring – biz barcha yetkazib berish jarayonlarini o‘z zimmamizga olamiz. 3. Mahsulotingizni qo‘lingizga qulaylik bilan yetkazib olishingizni kuting! 🏮 11.11 Chegirma kuni – Orzuingizdagi mahsulotlarni oson va arzon usulda O‘zbekistonga olib kelamiz!

Подробнее

Biz Bilan Bog'laning

Savollaringiz bormi? Professional maslahat va yordam olish uchun murojaat qiling.

Kompaniya manzili
Toshkent sh., Yangihayot tumani, TASHKENT INDEX
Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning
WeChat WhatsApp Telegram Email Telefon